Ўзб  /  O'z  /  Рус  /  Eng
Toshkent shahar maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi
Toshkent shahridagi davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarining tarbiyalanuvchilari o'rtasida "Shaxmat" musobaqasining shahar bosqichi o'tkazildi.
Yangiliklar / 2021-06-15

“Shaxmat” musobaqasining shaxar bosqichida har bir tumandan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilaridan g’olib bo’lgan 1 nafar o’g’il bola va 1 nafar qiz bolalar, jami 24 nafar tarbiyalanuvchi bolajonlar ishtirok etishdi.

Shuningdek “Shaxmat” musobaqasining shaxar bosqichida O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining ta’lim jarayoni sifatini ta’minlash va innovastion pedagogik texnologiyalarni joriy etish bo’limi boshlig’i o’rinbosari B.M.Axmedov, ushbu bo’limning bosh mutaxassisi N.R.Dushaevalar hamda Shayxontoxur tumani Bolalar va o’smirlar sport maktabi murabiyi, shaxmat bo’yicha grosmeyster X.U.Maxmudovlar ishtirok etib, jarayonga xolis hakamlik qilishdi.

Musobaqa jarayoni nafaqat ishtirokchilarga balkim mexmonlar hamda qo’llab quvvatlovchi ustoz-pedagoglar, bolajonlar uchun ham qiziqarli tashkil qilindi. Tadbirda turli ko’ngilochar tomoshalar tashkil qilindi, jumladan stirk atrakstionlari, ertak qahramonlari, rassomlar, musiqa raxbarlari bolajonlarni zavqlanishlari uchun xizmat qilishdi.

Toshkent shaxar maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi tomonidan   2021 yil 15 iyun kunida Mirzo Ulug’bek nomli markaziy istiroxat bog’ida tashkil qilingan “Shaxmat” musobaqasining shaxar bosqichida faxrli 1 o’ringa qiz bolalar orasidan Mirzo Ulug’bek tumani 419-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchisi Husnitdinova Husnora, 2- o’ringa Yashnobod tumani 237-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchisi Abdusamatova E’zoza, 3- o’ringa Yakkasaroy tumani 300-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchisi Shagitova Sofiyalar munosib topildi.

“Shaxmat” musobaqasining shaxar bosqichida faxrli 1 o’ringa o’g’il bolalar orasidan Yunusobod tumani 154-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchisi Obidjonov Muxammadqodir, 2- o’ringa Sergeli tumani 599-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchisi Qodirov Ahrorbek, 3- o’ringa Yashnobod tumani   405-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchisi Abdullaev Imronlar munosib topilib, faxrli birinchi o’rinni olgan bolajonlarimiz “Shaxmat ” musobaqasining Respublika bosqichi “O’zbekiston birinchili” ga yo’llanma olishdi. Tadbirda qatnashgan barcha bolajonlarimiz Maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi  tomonidan munosib taqdirlandilar.

shahmat shahmat3


Yil dasturi
2021
Yoshlarni qoʼllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili

Voqealar

DuSeChPaJuShYa
Ro`yxatdan o`tish
E-mail:
Password:
1 ta foydalanuvchi hozir saytda